«Aston Villa» yarimhimoyachisi, avval «Bavariya» safida to‘p tepgan Leon Goretska myunxenliklar hujumchisi Harri Keynning fazilatlari haqida fikr bildirdi.
«U hayotining har bir daqiqasida futbol bilan yashaydi. Uning mehnatlari o‘z samarasini bergani va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani quvonarli. Menimcha, u bunga loyiq edi. Shaxsiy yutuqlarga erishganidan keyin ham yaxshi inson bo‘lib qolayotgani tahsinga sazovor», — dedi Goretska BBC nashriga.
Shuningdek, futbolchi 33 yoshli Keynning professionalligi va nafaqat gol urish, balki jamoa uchun ishlashga ham tayyorligini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, angliyalik hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 16 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.