«An Nasr»ning sobiq futbolchisi Husayn Al Sulaymoniy jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni keskin tanqid qildi.
Sobiq o‘yinchining fikricha, portugaliyalik futbolchi endi o‘yin taqdirini hal qila olmayapti va hatto jamoaga xalaqit beryapti.
«Ronaldu — buyuk futbolchi, biroq u endi maydonda o‘yin taqdirini o‘zgartira olmaydi. «An Nasr»ga 90 daqiqa davomida shunchaki maydonda yuradigan emas, balki o‘zi golli vaziyatlar yarata oladigan hujumchi kerak. Ronalduning muxlislaridan qo‘rqqani uchun hech kim bu haqda gapirishga jur’at etmayapti, lekin u jamoaga xalaqit bermoqda», — deya Al Sulaymoniyning so‘zlarini keltiradi Kooora nashri.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2023-yildan buyon Riyod klubi safida o‘ynamoqda. Bu mavsumda portugaliyalik 41 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 13 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi. Krishtianuning amaldagi bitimi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.