Karlos Alkaras o‘zini ayni paytda dunyoning eng yaxshi tennischisi deb hisoblamaydi.
— Siz reytingda birinchi o‘rinda emassiz. Ammo hozir o‘zingizni dunyoning eng yaxshi tennischisi deb his qilyapsizmi?
— Yo‘q. Menimcha, har birimiz o‘zimizni dunyoning birinchi raketkasi deb hisoblaymiz. Men, Zverev, Sinner, Shelton — har birimiz o‘zimizni eng yaxshi deb bilamiz. Bunday ishonch juda muhim. Mashg‘ulotga chiqqaningizda yoki o‘yin o‘tkazayotganingizda o‘z kuchingizga ishonishingiz kerak.
Ammo hozir birinchi raqam — Sasha (Zverev). U bu oʻringa munosib ravishda erishdi. Hech kim uning birinchi oʻrnini tortib ololmaydi. Biz buni tan olishimiz va uning yutuqlarini hurmat qilishimiz kerak, — dedi Alkaras Turindagi gʻalabadan soʻng.
Alkaras: «Men, Sinner, Zverev, Shelton — har birimiz o‘zimizni eng yaxshi deb bilamiz»
Tennis
23 noyabr, 09:35
Ispaniyalik tennischi hozirda reytingda birinchi o‘rinda emasligi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images