«Barselona» «PSJ» klubi va Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Nunu Mendeshga qiziqish bildirmoqda.
El Nacional nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar yaqin vaqt ichida futbolchi bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirgan. Ularning maqsadi — 24 yoshli chap qanot himoyachisini jamoasini o‘zgartirishga ko‘ndirish, hatto uning o‘zi transfer talab qilishiga erishish.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» Mendesh bilan «PSJ» yangi shartnoma imzolashidan oldin taklif kiritishni rejalashtirgan. Bu esa parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikeni vaziyatga aralashishga va klub prezidenti Nosir Al Xilayfiyni tezkor harakat qilishga chaqirishga majbur qilgan.
Ma’lum qilinishicha, «PSJ» portugaliyalik himoyachiga «astronomik» (yuqori miqdordagi) maosh taklif qilmoqchi. Parijliklar shu orqali Nununing «Barselona»ga o‘tish haqidagi har qanday fikridan voz kechishiga erishmoqchi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi shartnoma imzolangan taqdirda, himoyachi Parij klubida yiliga 20 million yevro maosh oladi.
«Barselona» Mendeshga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Futbol
23 noyabr, 10:21
«PSJ» esa himoyachini saqlab qolish uchun unga «astronomik» maosh taklif qilishga tayyor.
Foto: Getty Images