«PSJ» qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Benjamen Kuare xabar berdi.
Parijliklar safida Desire Due xochsimon paylari uzilishi oqibatida uzoq muddatga safdan chiqdi. Shuningdek, jamoaning yana bir vingeri Xvicha Kvaratsxeliya ham xuddi shunday jiddiy jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, «PSJ» rahbariyati yanvar oyida vinger sifatida o‘ynaydigan yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shu maqsadda parijliklar transfer bozoridagi mavjud variantlarni faol o‘rganib chiqadi.
Biroq Fransiya grandi tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay, so‘nggi yillarda amal qilib kelayotgan transfer strategiyasidan voz kechmoqchi emas.
Xususan, parijliklar transfer narxi bozor qiymatidan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan futbolchilarni xarid qilishdan bosh tortadi.
Klub rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish zarurati tufayli ortiqcha mablag‘ sarflash niyatida emas.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi