Live
7
O'zbek

U-17 JCh. O‘zbekiston Yamaykaga 6 ta gol urdi, Sadirjonovdan het-trik

Futbol
23 noyabr, 09:58
    2
Tojikiston Xorvatiyaga yirik hisobda yutqazdi, Ispaniyadan 15:0.
U-17 JCh. O‘zbekiston Yamaykaga 6 ta gol urdi, Sadirjonovdan het-trik
Foto: UFA
23.11.2026 FT U-17 Jahon chempionati O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17) 6 : 2 Yamayka (17 yoshgacha) Yamayka (17 yoshgacha)

O‘zbekiston (3) o‘smirlar jamoasi Jahon chempionatining 2-turida Yamaykaga (0) qarshi maydonga tushib, 8 ta gol urilgan bellashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Sergev Chigodayev jamoasidan Suhrob Sadirjonov het-trik qayd etdi, Laziz Abdurayimov, Amirkhon Erkinov va Ahror Ravshanbekov ham nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

E guruhining ikkinchi bahsida ilk turda g‘alaba qozongan jamoalar — Italiya va Kot-d’Ivuar o‘zaro to‘qnash kelmoqda. O‘zbekiston 26 noyabr kuni so‘nggi turda italiyaliklar bilan o‘ynaydi.

2-tur doirasida F guruhida Tojikiston (3) Xorvatiyadan (4) javobsiz 4 ta to‘p o‘tkazib yubordi. H guruhida esa Ispaniya (6) Fijiga (0) 15 ta gol urdi va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U-17 JCh. E guruhi. 2-tur
O‘zbekiston — Yamayka
6:2
23 noyabr, Doha, «Espayr»
Gollar: Laziz Abdurayimov (9), Suhrob Sadirjonov (31, 47, 58), Amirkhon Erkinov (79), Ahror Ravshanbekov (90+2) — Braun (8, 25).
O‘zbekiston U-17 — Olim Shomurodov, Mashhurbek Abdusoliyev (Jahongirmirzo O‘ktamboev, 46), Abubakr Rahimov (NurMuhammad O‘ktamov, 66), Muhammadaziz Ro‘ziboyev, Amirkhon Erkinov (Muhammadjon Mamatov, 85), Islom Ravshanov, Asilbek Aliyev, Mirkomil Murodov, Suhrob Sadirjonov (Muhammadodil Orifxonov, 66), Mirjamol Anvarov, Laziz Abdurayimov (Ahror Ravshanbekov, 56).

F guruhi
Tojikiston — Xorvatiya 0:4

Gollar: Benkotich (6 penalti, 50, 56 penalti), Dedich (59).

H guruhi
Ispaniya — Fiji 15:0

Gollar: Kruz (5, 10, 27, 57, 65), Tomas (12, 19, 35 penalti), Truxillano (25, 40, 51 penalti), Kompani (43), Dominges (53, 74), Ramos (80).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
  • Yamayka (17 yoshgacha) Yamayka (17 yoshgacha)
  • U-17 Jahon chempionati U-17 Jahon chempionati
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar