Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib bormoqda.
Musobaqaning 2-turidan o‘rin olgan Urugvay va Gaiti milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarish Asker Najafaliyev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.
Ushbu bahs 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Qatarda davom etayotgan FIFA U-17 jahon chempionatida turli qit’alarning o‘smirlar milliy jamoalari ishtirok etmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirning ilk bahsida Kot-d'Ivuarga mag‘lub bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi