Tojikiston Oliy ligasining 21-turida «Istiqlol» klubi safarda «Barkchi» bilan bahs olib bordi. Poytaxtliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan oldin mamlakat chempioniga aylandi.
Vitaliy Levchenko jamoasi o‘z tarixida 15-marta chempion bo‘ldi. Qolaversa, jamoa ketma-ket 13-yildirki, chempionlikni hech kimga bermay kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Levchenko o‘tgan yili «Neftchi» bilan O‘zbekiston Superligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Yil boshida u Dushanbe klubini qabul qilib, yana mamlakat chempioniga aylandi.
Tojikiston Oliy ligasi. 21-tur
Barkchi – Istiqlol 1:5
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi