Live
4
O'zbek

«PSJ» qishda Alvaresni sotib olishi mumkin

Futbol
23 noyabr, 11:34
Xulianning bozor qiymati 110 million yevroga baholanmoqda.
«PSJ» qishda Alvaresni sotib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi qishki transfer oynasi vaqtida argentinalik 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

Qayd etilishicha, Xvicha Kvaratsxeliya va Desire Due og‘ir jarohat olganidan keyin Parij klubi yanvar oyida Alvaresni sotib olish variantini faol o‘rganmoqda.

Futbolchi bilan hamkorlik shartlarini kelishib olish qiyin bo‘lmasligi kutilmoqda. Shu bois transfer taqdiri «Atletiko» rahbariyatining pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Bu mavsumda Xulian «matraschilar» safida barcha turnirlar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Alvaresning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar