Live
1
O'zbek

De Bryuyne: «Manchester Siti» — bu mening klubim»

Futbol
23 noyabr, 15:43
Belgiyalik futbolchi o‘yin oldidan fikr bildirdi.
De Bryuyne: «Manchester Siti» — bu mening klubim»
Фото: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Napoli Napoli

«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne «Manchester Siti» klubiga bo‘lgan munosabati va jamoa bilan bog‘liq iliq xotiralari haqida gapirdi.

«Manchester Siti» — bu mening klubim! Klub egalariga katta hurmat va mehr bilan qarayman. Futboldan tashqari ko‘plab mavzularda suhbatlashganmiz. Hatto klubni qanday sotib olish mumkinligi haqida ham Al Muborak bilan gaplashganman. Bu yerda futboldan tashqari ham ko‘plab voqealar sodir bo‘ladi.

Mening bu klubga nisbatan faqat iliq hislarim bor va bu hech qachon o‘zgarmaydi! Hozir ham meni 10 yil davomida alohida mehr va hurmat bilan qabul qilgan insonlar, oilam va bu yerdagi barcha xotiralar juda qadrli. Eng muhimi ham aynan shu», — deya belgiyalik futbolchining so‘zlaridan keltiradi insayder Fabricio Romano.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Napoli Napoli
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar