Bugun, 24-noyabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun hal qiluvchi bahslarga start beriladi.
Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib boradi.
Butun dunyo shaxmat ishqibozlari diqqat markazida bo‘ladigan ushbu tarixiy qarama-qarshilik 24-noyabrdan 12-dekabrgacha davom etadi.
Jahon chempionligi uchun kurash 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Hamyurtimiz toq raqamli partiyalarda oq, juft raqamli partiyalarda esa qora donalarda harakat qiladi. Agar klassik partiyalar yakuniga ko‘ra g‘olib aniqlanmasa, 12-dekabr kuni tay-brek o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, barcha partiyalar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Avvalroq Sindarov jahon toji uchun kechadigan bellashuvning ilk partiyasini oq donalarda o‘tkazishi ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi