Live
1
O'zbek

Shaxmat. Sindarov jahon toji uchun kechadigan bellashuvning ilk partiyasini oq donalarda o'tkazadi

Boshqalar
23 noyabr, 01:20
    7
Birinchi partiya 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Shaxmat. Sindarov jahon toji uchun kechadigan bellashuvning ilk partiyasini oq donalarda o'tkazadi
Foto: Uzbekistan Chess Federation

Shveytsariyaning Jeneva shahrida shaxmat bo'yicha jahon chempioni unvoni uchun o'tkaziladigan Salesforce FIDE World Championship 2026 musobaqasi doirasida qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra, o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi kechadigan bahsning birinchi partiyasini oq donalarda o'tkazadi.

Shu tariqa, hamyurtimiz jahon shaxmat toji uchun kurashning dastlabki partiyasida birinchi bo'lib yurish imkoniyatiga ega bo'ldi. Gukesh esa qora donalarda harakat qiladi.

Jeneva shahri mezbonlik qiladigan ushbu nufuzli bahsda Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioniga qarshi shaxmat olamining eng oliy unvoni uchun kurash olib boradi.

Jahon shaxmat toji uchun bahsning birinchi partiyasi 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Avvalroq Sindarov va Gukesh o'rtasidagi jahon chempionligi bahsining vaqt nazorati e'lon qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar