O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi bahsining vaqt nazorati ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, dastlabki 40 yurish uchun har bir shaxmatchiga 120 daqiqadan beriladi. 40-yurishdan keyin yana 30 daqiqa qo‘shiladi. 41-yurishdan boshlab esa har bir yurish uchun qo‘shimcha 30 soniya ajratiladi.
Ushbu vaqt nazorati klassik shaxmatdagi eng uzoq formatlardan biri bo‘lib, bitta partiya 5 soatdan ortiq davom etishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, jahon toji uchun bahs 24 noyabrdan 12 dekabrgacha Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tkaziladi. Bellashuv 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi chempion bo‘ladi.
Agar hisob 7:7 bo‘lsa, g‘olib tay-brekda aniqlanadi. Sovrin jamg‘armasi esa 2,5 million dollar etib belgilangan.
Avvalroq Sindarov Clutch Chess Champions Showdown turniri g‘olibi bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi