Live
6
O'zbek

«MYu» 73 yil avvalgi antirekordni takrorladi

Futbol
9 noyabr, 00:30
    11
Bunday holat so‘nggi bor 1953/1954 yilgi mavsumda «Arsenal» bilan sodir bo‘lgan edi.
«MYu» 73 yil avvalgi antirekordni takrorladi
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 4 : 4 Aston Villa Aston Villa

«Manchester Yunayted» APLning 10-turida «Aston Villa» bilan 4:4 hisobida durang o‘ynab, noxush statistik natijani qayd etdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar avvalgi mavsumda chempionatni kuchli uchlikda yakunlab, keyingi mavsumning dastlabki 10 ta o‘yinida atigi bitta g‘alaba qozongan ikkinchi jamoaga aylandi.

Bunday holat so‘nggi bor 1953/1954 yilgi mavsumda «Arsenal» bilan sodir bo‘lgan edi. Shu tariqa, «qizil iblislar» 73 yil avvalgi antirekordni takrorladi.

Qayd etish lozim, bu mavsumda «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Jamoa 10 ta uchrashuvda atigi 8 ochko jamg‘argan.

Ayni paytda manchesterliklar 2026/2027 yilgi APL turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab, xavfli hududda bormoqda. Avvalroq Kerrik FIFA kunlaridan keyin ham o‘z lavozimida qolishi noma’lum ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar