«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klubdagi kelajagi hali ham noaniq ekanini ma’lum qildi.
Manchesterliklar bugun, 8 noyabr kuni milliy jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga keladigan ikki haftalik tanaffus oldidan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. Biroq Kerrik tanaffusdan keyin ham o‘z lavozimida qolishi hamon noma’lum.
Matbuot anjumanida mutaxassisdan kelasi hafta ham jamoani boshqarishi haqida kafolat olgan-olmagani so‘raldi.
«Yo‘q. Men odatdagidek ishlashda davom etyapman. Jamoa ixtiyorida atigi 3-4 nafar futbolchi qoladi. Bunday holatga o‘rganmaganman. Kelasi dam olish kunlari mashg‘ulot o‘tkazamizmi yoki yo‘q, ko‘ramiz», — dedi Kerrik.
Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Yunayted» bugun, 8 noyabr kuni «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Avvalroq «qizil iblislar» Kerrik o‘rniga 4 nafar murabbiyning nomzodini ko‘rib chiqayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi