«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikka o‘rinbosar izlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Manchester klubi bosh murabbiylik lavozimi uchun to‘rt nafar mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Yulian Nagelsmann, Antonio Konte, Eddi Hau va Garet Sautgeyt bor.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining 8-turida «Bornmut»ga qarshi bahsda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natijadan keyin «qizil iblislar» chempionat turnir jadvalida yetti ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Manchester jamoasi navbatdagi uchrashuvini 31-oktabr kuni «Chelsi»ga qarshi o‘tkazadi.
Avvalroq Konte jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Nagelsmann ham «qizil iblislar»ni boshqarishga qarshi emas.