«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (2:1) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik forvard ushbu bahsda dublni rasmiylashtirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
«Bu yerdagi g‘alaba hech narsani anglatmaydi. Biz «Real»miz va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Ketma-ket beshta g‘alaba bilan qanoatlanmasligimiz lozim. Ijobiy natijaga erishdik, ammo mavsum tugashiga ancha vaqt bor. Keyingi haftada «Rasing»ga qarshi ham xuddi shunday ishtiyoq bilan maydonga chiqishimiz shart. Chunki u bahs ham oson kechmasligi aniq», - deya Mbappening so‘zlaridan keltiradi Marca nashri.
Ma’lumot uchun, «qirollik» klubi La Liga turnir jadvalida 24 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Barsa» esa 27 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi