«Liverpul» sardori Virjil van Deyk Angliya Premer-ligasining 8-turi doirasida «Brayton» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ushbu bahsda Aleksander Isak va Florian Virtz gollarga mualliflik qildi.
«Bugun murabbiy bizga biroz to‘g‘ridan to‘g‘riroq, soddaroq o‘ynashni ko‘rsatma qildi. Balki bu eng chiroyli futbol emasdir, ammo menimcha, bunday raqibga qarshi bu samarali usul hisoblanadi. Aynan shuni namoyish etdik, ayniqsa, dastlabki 30 daqiqada. Asosiy maqsad shu yo‘l bilan «Brayton»ning pressingidan qochish edi», — deya van Deykning so‘zlarini keltirmoqda Anfield Sector.
G‘alabadan so‘ng «Liverpul» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Brayton» esa 16 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.