«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Eshli Yang «Bornmut»ga qarshi uchrashuvdagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa futbolchilarini keskin tanqid qildi.
«Karrik uchun juda achinarli holat. Muxlislar uni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki u klub afsonasi. Ammo futbolchilar maydonda hech narsa ko‘rsatishmadi. Ular yugurishmadi, jamoaga o‘xshamadi. Bu achinarli tomosha bo‘ldi. Yozda jamoa yetarli darajada kuchaytirilmadi. Futbolchilar o‘rtasida birdamlik yo‘q. Hammasi o‘zi uchun o‘ynayotgandek. Karrikni bunday ahvolda ko‘rish og‘ir. O‘ylaymanki, Maykl ham o‘zini nima kutayotganini tushunib turibdi», - dedi Yang Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq OAVda Maykl Karrik iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.