«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liganing 10-turida «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis uchrashuvdagi hakamlik va VAR tizimi faoliyatiga ham baho berdi.
«Bu ajoyib uchrashuv, yuqori saviyadagi o‘yin bo‘ldi. Shubhasiz, futbolni yaxshi ko‘radigan har bir inson bu bahsni tomosha qildi. Maydonda g‘alaba uchun o‘ynagan ikki jamoa ishtirok etdi.
Men, avvalo, o‘z jamoam haqida gapirmoqchiman. Yigitlarimiz favqulodda o‘yin namoyish etishdi. Ular juda uyushqoq va diqqatli harakat qilishdi. Raqib kuchli pressing qo‘llaganiga qaramay, to‘pni o‘z darvozamiz oldidan xotirjamlik bilan o‘yinga kiritishga jur’at etishdi.
Hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirish uchun imkoniyatlarimiz ham bo‘ldi. Jud va Kilian ishtirokida ikkiga bir vaziyat yuzaga keldi. Albatta, «Barselona» ikkinchi bo‘limda javob qaytarishga harakat qildi, ammo biz xotirjamlik va tartibni saqlab qoldik. Hisob 1:1 bo‘lganida ham o‘zimizni yo‘qotmadik.
Yana bir bor ta’kidlayman, biz kuchli raqibni mag‘lub etdik. Menimcha, hakam ham uchrashuvni juda yaxshi boshqardi. Biroq VAR tizimi, nazarimda, 60-daqiqadagi vaziyatda e’tiborsizlik qildi. Diomande bilan bog‘liq epizodda Kanseluga aniq qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi.
Shunga qaramay, bu ajoyib uchrashuv va ajoyib g‘alaba bo‘ldi», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.