Bugun
24
O'zbek

Mourino: «Har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynadi. Hisob tenglashganida ham o‘zimizni yo‘qotmadik»

Futbol
25 oktabr, 22:25
    64
«Real» bosh murabbiyi klassikodagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mourino: «Har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynadi. Hisob tenglashganida ham o‘zimizni yo‘qotmadik»
Foto: Getty Images
25.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 2 Real Madrid Real Madrid

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionatining 10-turidan oʻrin olgan “Barselona”ga (2:1) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Avvalo, bu ajoyib o‘yin bo‘ldi. Shubhasiz, futbolni yaxshi ko‘radigan barcha muxlislar yuqori saviyadagi bahsni tomosha qildi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushdi.

Men esa ko‘proq o‘z jamoamga e’tibor qaratdim. Yigitlar ajoyib o‘yin o‘tkazishdi: juda tartibli va diqqat bilan harakat qilishdi, himoyadan paslar orqali chiqishda jasorat ko‘rsatishdi. Bu esa faol pressing qiladigan raqibga qarshi o‘yinda juda muhim edi.

Hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Jud va Kilian ishtirokida «ikkiga bir» vaziyat ham yuzaga keldi...

Albatta, ikkinchi bo‘limda «Barselona» kuchli javob qaytardi. Ammo biz xotirjamlik va o‘yindagi tartibni saqlab qoldik. Hisob 1:1 bo‘lganida ham o‘zimizni yo‘qotmadik"
, — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

64 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar