“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 10-turidan oʻrin olgan “Real” (1:2) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
"Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo mobillik (harakatchanlik) yetishmadi. Ikkinchi bo'limda jamoa raqibga muammolar tug'dira boshladi. Biroq aynan shu paytda diqqatni sezilarli darajada yo'qotdik va bu mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi.
Bu natijani qabul qilishimizga to'g'ri keladi, garchi oson bo'lmasa ham. «Barselona» shu yo'sinda davom etishi kerak.
Endi esa bor e'tiborimizni keyingi o'yinlarga qaratishimiz lozim. Avvalgi bahslardagi kabi jismoniy va ruhiy tetikligimizni tiklashimiz kerak", — deya germaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi AS.
Flick: "Oson bo'lmasa-da, mag'lubiyatni qabul qilishimiz kerak"
Futbol
25 oktabr, 22:50
42
"Barselona" bosh murabbiyi «Real»ga qarshi klassikodan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
25.10.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Barselona
1
:
2
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi