«Bavariya» faxriy prezidenti va direktorlar kengashi a’zosi Uli Hyones Maykl Oliseni «Barselona» hujumchisi Lamin Yamaldan ustun qo‘yishini bildirdi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
«Olise dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanish yo‘lida. Menimcha, u Lamin Yamaldan yaxshiroq. Maykl gollar uradi, golli uzatmalarni amalga oshiradi va yuqori tezlikka ega. Aslida, u ideal futbolchi», — dedi Hyones.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2026/2027-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 10 ta bahsda qatnashib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Fransiyalik futbolchi «Oltin to‘p» uchun kurashayotgan 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan.