France Football talqini bo‘yicha 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini sohibining ismini hozircha dunyoda atigi besh kishi biladi. RMC Sport xabariga ko‘ra, muayyan futbolchining g‘olib bo‘lgani haqida OAVda tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
France Football nashrining sobiq bosh muharriri Paskal Ferre bu borada sovrinni topshirish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlarni izohladi. Uning ta’kidlashicha, 2024 yildan boshlab nomzodlarga marosim boshlanguniga qadar natija haqida xabar berilmaydi. Shu tariqa barcha da’vogarlar uchun teng sharoit yaratilgan.
«2024 yildan beri g‘oliblarga marosimgacha ularning taqdiri haqida xabar berilmaydi va barchaga bir xil munosabatda bo‘linadi. Ular Londondagi zalga yetib kelganida, hech biri boshqalardan oldin qo‘lini ko‘tara olmaydi, chunki hech kim natijani bilmaydi.
Messi va Ronaldu hukmronligidan keyin qoidalarni o‘zgartirdik. Sirni saqlash osonroq bo‘lishi uchun g‘olibning ismini oxirigacha yashirishga qaror qilindi», — dedi Ferre.
Ma’lumot uchun. «Oltin to‘p» — France Football jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan nufuzli individual mukofot.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi