«Real»ning sobiq futbolchisi Migel Palensiya Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio «El Klasiko»da «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgan taqdirda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U bu ma’lumotlarni jurnalistlarning uydirmasi deb atadi.
«Men «Real» «Barselona»ga mag‘lub bo‘lsa, Mourinioni ishdan bo‘shatishi mumkinligi haqidagi xabarlarni ko‘rdim. Ammo bu mutlaqo bema’nilik, jurnalistlarning to‘qimasi. «Real» asta-sekin kuchayib bormoqda va mavsum boshidagiga qaraganda qiziqarliroq o‘yin namoyish etmoqda. Bitta bahs natijasi hech narsani o‘zgartirmaydi», — dedi Palensiya «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Sobiq futbolchi fikrini davom ettirar ekan, Mourinioning avval ham «Barselona»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lganidan keyin «Real» bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritganini eslatdi.
«Mourinio «Barselona»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan, ammo oxir-oqibat «Real» bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun. «Real» va «Barselona» Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz. «El Klasiko» 25-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.