Live
15
O'zbek

Kurtua «El Klasiko»da maydonga tushishdan umidvor

Futbol
25 oktabr, 09:49
    12
«Real» gripp sababli belgiyalik darvozabon bahsni o‘tkazib yuborishini e’lon qilgan edi.
Kurtua «El Klasiko»da maydonga tushishdan umidvor
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan «El Klasiko»da ishtirok etishdan umidini uzgani yo‘q. Avvalroq Madrid klubi grippga chalingan belgiyalik darvozabon bahsda qatnasha olmasligini ma’lum qilgandi. Biroq The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Kurtua hali ham maydonga tushishni rejalashtirmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabon vaziyatga optimistik qaramoqda va «El-Klasiko»da o‘ynashni istayapti. Shunga qaramay, «Real» futbolchining holati borasida ehtiyotkorlik bilan ish tutmoqda.

Yakuniy qaror Kurtuaning kechqurun o‘zini qanday his qilishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli uning bahsda ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» Ispaniya chempionatining 10-turida o‘zaro to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, «El Klasiko» 25-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar