Elit Chempionlar Ligasi 3-turi doirasidagi «Neftchi» — «Al Ittihod» bahsi oldidan Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Unda jamoalarning maydonga qaysi rangdagi liboslarda tushishi ham belgilandi. Unga ko‘ra, «Neftchi» an’anaviy sariq-qora rangli liboslarda, Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubi esa to‘liq oq libosda harakatlanadi.
Ma’lumot uchun, mazkur bahs Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» — «Al Ittihod» bellashuvi 26-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:45 da boshlanadi.


Foto: Neftchi FK