OFK Chempionlar Ligasi Elitasi musobaqasining 3-turi doirasidagi «Neftchi» — «Al-Ittihod» bahsi uchun rasmiylar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Neftchi» klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv bosh hakami etib iordaniyalik Adham Muhammad Tumah Maxadme tayinlandi. Unga vatandoshlari Muhammad Mustafa Hasan Alkalaf va Ahmad Muannes Nadi Alroalle yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Muhammad Mufid Nosir G‘aboyin bajaradi.
VAR hakami sifatida qatarlik Xamis Muhammad S. A. al-Marri, uning yordamchisi sifatida esa Juma Muhammad K. H. al-Burshaid ishlaydi. O‘zbekiston vakili Sherali Djanaliyev VAR axborot xizmati xodimi sifatida faoliyat olib boradi.
Ma’lumot uchun, uchrashuv komissari etib qatarlik Rashid Mahbub Xon B al-Dosari, hakamlar inspektori sifatida esa eronlik Esmaeil Safiri tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» va «Al-Ittihod» o‘rtasidagi bahs 26-oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida soat 18:45 da boshlanadi.