Live
17
O'zbek

«Rizespor» ustozi Husniddin Aliqulovning holati haqida ma’lumot berdi

Futbol
24 oktabr, 08:35
O‘zbekistonlik himoyachi qariyb bir oydan buyon jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
«Rizespor» ustozi Husniddin Aliqulovning holati haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images

«Rizespor» bosh murabbiyi Rejep Uchar jarohatidan tiklanayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulovning maydonga qaytish muddatiga oydinlik kiritdi.

«Aliqulov uzoq vaqtdan beri jarohat sabab maydondan tashqarida qolmoqda. U xochsimon bog‘lamlaridan operatsiya qilingan edi. Qariyb bir oydan buyon jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashyapti va bugun ham umumiy guruh bilan shug‘ullanadi. Biroq hozircha o‘yinlarda qatnashishga tayyor emas. Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, uning to‘liq tiklanishi uchun yana biroz vaqt kerak», — dedi Uchar.

Ma’lumot uchun, Aliqulov xochsimon bog‘lamlaridagi jarohat sabab uzoq vaqt davomida maydonga tusha olmayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik himoyachining umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgani haqida xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rizespor Rizespor
Bugungi yangiliklar