Live
29
O'zbek

«Bavariya» 19 yoshli futbolchi uchun 65 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
24 oktabr, 09:08
Angliyaning «Brayton» klubi himoyachisi Luka Vushkovich jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
«Bavariya» 19 yoshli futbolchi uchun 65 mln yevro sarflashga tayyor
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Brayton» klubi himoyachisi Luka Vushkovich Angliya premer-ligasidan Germaniya Bundesligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.

19 yoshli xorvatiyalik futbolchi xizmatlariga Myunxenning «Bavariya» klubi jiddiy ravishda qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempioni xorvatiyalikni Kim Min Jening o‘rinbosari sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Janubiy Koreya milliy jamoasi a’zosining kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Myunxenliklar ushbu transferni kelasi yil yozda rasmiylashtirish haqida o‘ylashyapti.

Mashhur Transfermarkt portali Vushkovichning aktual transfer narxini 65 million yevroga baholamoqda. Iqtidorli himoyachi va «Brayton» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2031-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar