Live
26
O'zbek

Alba: «Menga Mourinio yoqadi, ammo «Barselona» «Real»ni 4:1 hisobida tor-mor etadi»

Futbol
24 oktabr, 10:07
Kataloniyaliklarning sobiq himoyachisi «el klasiko» oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Alba: «Menga Mourinio yoqadi, ammo «Barselona» «Real»ni 4:1 hisobida tor-mor etadi»
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Jordi Alba «el klasiko»dan nimalar kutayotgani haqida gapirdi va o‘yinning aniq hisobini taxmin qilib ko‘rdi. Bundan tashqari himoyachi «Real» ustozi Joze Mourinioni alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Barselona»ning hozirgi sport formasiga qarab, men, to‘g‘risini aytsam, o‘yin oldidan juda xotirjamman. Jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va men ularning g‘alabasiga to‘liq ishonaman. Mening taxminim? Menimcha, «Barsa» yirik 4:1 hisobida zafar quchadi.

O‘z navbatida, Joze Mourinio — kuchli xarakterga ega murabbiy, u menga juda ham yoqadi. Menga uning o‘zini tutishi va jamoani ruhlantirishi ayniqsa yoqadi.

Bugungi «Barselona»da eng yoqtirgan narsam? Jamoa bir necha mavsumdan buyon Xans-Diter Flik bilan ishlamoqda, bu yerda yagona g‘oya, o‘yindan o‘yinga sayqallanib borayotgan tamoyil mavjud. Bundan tashqari futbol juda ham o‘zgargan. Bizning davrimizda biz hovlilarda o‘sgan ko‘cha o‘yinchilari edik, hozirgi yosh futbolchilar esa ba’zan mukammal robotlarga o‘xshaydi», — deya Alba so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Bugungi yangiliklar