O‘zbekiston Superligasining 25-turida «Nasaf» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bahsda hisob 6-daqiqadayoq Bobir Abdixoliqov tomonidan ochildi. 36-daqiqada Paata Gudushauri «Nasaf»ning ikkinchi golini urdi. 85-daqiqada Sardor Jamolov oradagi farqni qisqartirdi, biroq jizzaxliklar hisobni tenglashtira olmadi.
Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» 41 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «So‘g‘diyona» esa 29 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
Superliga. 25-tur
Nasaf — So‘g‘diyona 2:1
Gollar: Abdixoliqov 6, Gudushauri 36 — Jamolov 85.
Nasaf: Ne’matov, Davronov, Komilov, G‘aybullayev, Bahromov (Muhiddinov, 63), Abdixoliqov, Rustamov, Rahmatov, G‘ulomov (Shala, 63), Gudushauri (Abdirahmatov, 80), Eshmurodov.
So‘g‘diyona: Mitrovich, Jo‘raboyev, Qobilov, Jumatov (Jamolov, 72), Asqarov (Boltaboyev, 46), Michin (Zaymovich, 67), Ivanovich, Doriev, Karimov, Mavlonqulov (O‘rinboyev, 46), Nurmatov (Qahramonov, 46).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi