Live
9
O'zbek

O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini 3-o‘rinda yakunladi

Boshqalar
24 oktabr, 10:46
    15
O‘zbekistonlik para sportchilar turnir davomida 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini 3-o‘rinda yakunladi
Фото: ParalympicUz

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Aichi–Nagoya-2026 Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi jami 145 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni band etdi.

O‘zbekistonlik para sportchilar turnir davomida 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Umumjamoa reytingida birinchi o‘rinni Xitoy jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin musobaqa mezboni — Yaponiya vakillariga nasib etdi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida medallar soni hamda sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichga erishdi. Shuningdek, mamlakat ilk bor ushbu musobaqaning kuchli uchligidan joy oldi. Bungacha bo‘lgan eng yuqori natija 2014 yili Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekiston beshinchi o‘rinni egallagan edi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha top-10lik

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar