Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Morgan Rojers o‘zining o‘yin uslubi haqida gapirib o‘tdi.
«Men doimo kreativ harakat qilishga, ijodkorlikka intilaman. Doim darvozaga hujum qilishni va xavf tug‘dirishni istayman. Bu ish bermasa ham, hech narsa chiqmasa ham, himoyachilar menda biror narsa qilish imkoniyati bor deb o‘ylashlarini xohlayman», - deya Angliya milliy jamoasi a’zosining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «aristokratlar» matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Rojers o‘tgan yozda «Chelsi» safiga ko‘chib o‘tdi. «Aston Villa» ushbu transferdan taxminan 137 million yevro ishlab oldi.
Poytaxtliklar safida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan Morgan Rojers 4 ta gol urdi va 4 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.