Live
6
O'zbek

«Chelsi» va «MYU» «Sporting» vingeri uchun kurashishi mumkin — Caught Offside

Futbol
24 oktabr, 05:44
Tovon summasi 60 mln yevro etib belgilangan Flaviu Gonsalvesh faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Chelsi» va «MYU» «Sporting» vingeri uchun kurashishi mumkin — Caught Offside
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari «Sporting»ning qanot hujumchisi Flaviu Gonsalveshga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining shartnomasida 60 million yevro miqdorida tovon puli borasida band mavjud. Biroq «Chelsi» va «Manchester Yunayted» portugaliyalik vingerni 45-50 million yevroga baholamoqda. Jamoalar bu summani hujumchi uchun qishda taklif qilishlari kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Gonsalvesh barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani yetkazib berdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi-2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Mashhur Transfermarkt portali yarimhimoyachining aktual transfer narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Sporting CP Sporting CP
Bugungi yangiliklar