Ortda qolgan yozgi transfer oynasi davrida «PSJ»dan «Liverpul» safiga borib qo‘shilgan hujumkor yarimhimoyachisi Bredli Barkola Angliya Premer-ligasi uni nima bilan hayratda qoldirgani haqida gapirdi.
Bu haqda Acto Foot akkaunti xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, fransiyalik vinger APLdagi futbolning shiddatidan hayratda qolgan. Shaxsiy suhbatda Barkola natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan himoya harakatlari ko‘lami uni hayratda qoldirganini tan oldi. «Qizillar» safidagi dastlabki o‘yinlaridan keyin, jamoaning yangi a’zosi ilgari hech qachon his qilmagan og‘riqni his qilgan.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida 24 yoshli yarimhimoyachi beshta o‘yinda maydonga tushib, jamoadoshiga 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.