Live
15
O'zbek

Alba 2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibi kim bo‘lishini aytdi

Futbol
24 oktabr, 07:00
«Barselona» sobiq himoyachisi Messini tanladi, biroq Yamalning yutuqlarini ham e’tirof etdi.
Alba 2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibi kim bo‘lishini aytdi
Foto: Getty Images

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jordi Alba 2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun o‘z tanlovini bildirdi. Ispaniyalik futbolchi AS nashriga bergan intervyusida Lionel Messini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

«Kim g‘olib bo‘lishini umuman bilmayman. Bu safar noaniqlik juda katta. Agar mening fikrim qiziq bo‘lsa, Messini tanlayman. Lionel ajoyib mavsum o‘tkazdi va jahon chempionatida ham zo‘r o‘ynadi.

Ko‘pchilik Lamin Yamal va Kilian Mbappe haqida gapirmoqda. 19 yoshida erishgan barcha yutuqlarini hisobga olsak, men Laminni ham qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim», — dedi Alba.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi «Oltin to‘p» mukofotini fransiyalik vinger Usmon Dembele qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi taqdirlash marosimi 26-oktyabr, dushanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar