Live
6
O'zbek

Yevropaning 3 ta top klubi Vushkovichga da’vogarlik qilmoqda

Futbol
23 oktabr, 13:12
Hozircha biror klubdan rasmiy taklif yo‘q.
Yevropaning 3 ta top klubi Vushkovichga da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Brayton» himoyachisi Luka Vushkovichga Yevropaning qator top jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi», «Barselona» va «Bavariya» xorvatiyalik 19 yoshli futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boryapti va kelasi yozda uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha biror klubdan rasmiy taklif yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Vushkovich bir necha oy oldin «Hamburg»dagi muvaffaqiyatli ij ijaradan so‘ng «Tottenhem» tarkibidan «Brayton»ga o‘tgan. Kelishuv umumiy qiymati bonuslar bilan birga 50 million funtgacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘z navbatida «Brayton» Vushkovichni sotishga shoshilmayapti. Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Ingliz klubi munosib taklif bo‘lgan taqdirda Luka bilan xayrlashishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Brayton Brayton
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar