Boks bo‘yicha 5–20 dekabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida ilk bor klublar o‘rtasidagi «Asian Boxing League» turnirini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Biroq, mintaqadagi beqaror vaziyat sababli musobaqa noma’lum muddatga qoldirildi.
«Asian Boxing» tashkiloti sportchilar xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida belgilab, Osiyodagi barcha musobaqalar xavfsiz, barqaror va ishonchli muhitda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida mazkur turnirni qoldirishga qaror qildi», - deyiladi O‘zbekiston boks federatsiyasining rasmiy kanali bergan xabarda.
Avvalroq birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning 30 oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jangi tashkiliy sabablarga ko‘ra qoldirilgandi.