Live
9
O'zbek

O'FF prezidenti Portugaliyada Pepe bilan uchrashdi

Boshqalar
23 oktabr, 14:49
O'FF rahbari Pepeni O'zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.
O'FF prezidenti Portugaliyada Pepe bilan uchrashdi
Фото: Ўзбекистон футзали

O'zbekiston O'FF prezidenti Bekzod Mamatqulov amaliy tashrif bilan Portugaliyada bo'lib turibdi. Unda Mamtаqulov portugaliyaliklarning afsonaviy sobiq futbolchisi Kepler Laveran de Lima Ferreira — Pepe, shuningdek, «Portu» futbol klubi prezidenti maslahatchisi Hugo Nunes bilan uchrashdi.

Muloqot davomida sport orqali O'zbekiston va Portugaliya o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash, futbol va futzal sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, o'zaro tajriba almashish hamda Pepe kabi jahon futboli afsonalari bilan hamkorlik orqali O'zbekiston futzalining xalqaro nufuzini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O'FF rahbari Pepeni O'zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi. Jahon futbolining afsonasi ushbu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, tez orada Toshkentga kelish istagini bildirdi.

Shuningdek, O'zbekiston futzalini rivojlantirishda Portugaliyaning ilg'or tajribasidan foydalanish, mutaxassislar o'rtasidagi professional aloqalarni kengaytirish hamda istiqbolda qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi yangiliklar