Live
8
O'zbek

Saudiya Proligasi. «An Nasr» safarda «Al Faysali»ni yengib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
23 oktabr, 11:32
    10
Ronaldu faoliyatidagi 982-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Saudiya Proligasi. «An Nasr» safarda «Al Faysali»ni yengib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Getty Images
23.10.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Faisaly Al-Faisaly 1 : 3 Al Nassr Al Nassr

Saudiya Proligasining 11-turida «An Nasr» klubi «Al Faysali» mehmoni bo‘ldi. Unda Riyod klubi 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Al Hamdan, Ronaldu va Anjelo gollarga mualliflik qildi.

Portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 982-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning uchrashuvdagi ikkinchi goli esa VAR aralashuvi sabab bekor qilindi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «An Nasr» ochkolari sonini 25 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Al Faysali» esa 7 ochko bilan 15-o‘rinda.

Saudiya Proligasi. 11-tur
Al Faysali — An Nasr 1:3
Gollar:
Bongonda 66 – Al Hamdan 4, Ronaldu 49, Anjelo 79.
Al Faysali —
Pacheko, Andrey Jirotto, Abdullay Sek, Jahfaliy (Subayt, 61), Barnaviy, Flavio, Al Muvallad, Al Shanqitiy (Al Safari, 85), Al Bishiy (Bongonda, 61), Mendi, Al Muqrin.
An Nasr — Bento, Bushal, Al Amri, Inigo Martines, Aman (Yahyo, 46), Joau Feliks, Samu Kosta (Anjelo, 67), Al Haybariy, Sadio Mane (Al Najdiy, 86), Al Hamdan, Krishtianu Ronaldu.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Faisaly Al-Faisaly
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar