«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard Harri Keynni Angliya futboli tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri deb atadi.
Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga (2:2) qarshi o‘tkazilgan bahsda «Bavariya» hujumchisi golli uzatmani amalga oshirdi va penaltidan gol ham urdi.
«Keling, shunchaki uning buyukligidan bahra olaylik.
Bilasizmi, ehtimol, u Angliya tarixidagi eng yaxshi futbolchidir. Men unga bera oladigan eng katta maqtov — shu. Chunki mamlakatimiz tarixidagi buyuk futbolchilar haqida gap ketganda, Harri Keyn ham ular qatorida turadi», — dedi Jerrard TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
Jerrard: «Ehtimol, Keyn Angliya tarixidagi eng yaxshi futbolchidir»
Futbol
23 oktabr, 04:10
«Liverpul» sobiq sardori «Bavariya» forvardining o‘yinlaridan zavq olishini aytdi.
Foto: Getty Images