Live
4
O'zbek

Kerrikka o‘zini ko‘rsatish uchun so‘nggi imkoniyat berildi

Futbol
24 oktabr, 02:20
«MYu» rahbariyati hozircha bosh murabbiyni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti.
Kerrikka o‘zini ko‘rsatish uchun so‘nggi imkoniyat berildi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik mavsum oxiriga qadar o‘z lavozimida qolishi mumkin. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mavsum boshida manchesterliklarning omadsiz o‘yinlari fonida Kerrikning iste’foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlar kuchaygan. Bu gap-so‘zlar hafta o‘rtasida Chempionlar Ligasida «Komо»dan 1:4 hisobida uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin yanada avj oldi. Shunga qaramay, klub rahbariyati murabbiyga ishonishda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, Kerrik o‘z lavozimini uzoq muddat saqlab qolishi uchun yaqin 2-3 ta uchrashuvda ijobiy natijalar qayd etishi kerak. Oldinda «Manchester Yunayted»ni APL doirasida «Bornmut» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlar, shuningdek, Chempionlar Ligasida «Roma» bilan bahs kutmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «qizil iblislar» APLning 7 turidan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar