Live
11
O'zbek

Levandovski: «Endi yosh futbolchilar uchun yuqori darajada uzoq vaqt qolish qiyinlashadi»

Futbol
24 oktabr, 01:55
Polshalik hujumchi hozirgi yosh futbolchilarda ishtiyoq erta yo‘qolishi mumkinligi haqida gapirdi.
Levandovski: «Endi yosh futbolchilar uchun yuqori darajada uzoq vaqt qolish qiyinlashadi»
Foto: Getty Images

«Chikago Fayr» hujumchisi Robert Levandovski fikricha, hozirgi yosh futbolchilar uchun ko‘p yillar davomida yuqori saviyada o‘ynash avvalgi avlod vakillariga nisbatan qiyinroq bo‘ladi.

«Menimcha, kelajakda bizning avlodimiz kabi uzoq vaqt davomida yuqori cho‘qqida qolishning imkoni bo‘lmaydi. Ilgari katta maqsadlarga erishish uchun yillar kerak bo‘lardi.

Biz o‘z imkoniyatimizni kutishimiz va asta-sekin rivojlanishimizga to‘g‘ri kelardi. Hozir esa yosh futbolchilar ancha erta muvaffaqiyatga erishmoqda.

Ular yuqori darajaga tezroq chiqishmoqda, ammo bu o‘sha darajada uzoq vaqt qolishlarini anglatmaydi. Futbolchilar ham inson, yillar davomida o‘z imkoniyatlarining eng yuqori chegarasida harakat qilish juda qiyin. Nafaqat jismoniy holat, balki ruhiy salomatlikni ham nazorat qilish kerak.

Faoliyat boshida ko‘p narsa yaxshi kechsa, hatto buning ortida katta mehnat turgan bo‘lsa ham, vaqt o‘tishi bilan g‘alabalarga bo‘lgan avvalgi ishtiyoq yo‘qolishi mumkin.

Shunda eng yaxshilar qatorida qolish ancha qiyinlashadi. Qachondir futbolchi muvaffaqiyat uchun zarur bo‘lgan g‘alabaga chanqoqlikni yo‘qotishi mumkin», — deya Levandovski so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chicago Fire FC Chicago Fire FC
Bugungi yangiliklar