«Liverpul» va Portugaliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Diogu Jota 2025-yil 3-iyul kuni Ispaniyadagi yo‘l-transport hodisasida 28 yoshida halok bo‘lgan. Halokatda uning ukasi Andre Silva ham vafot etgan.
Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, Jotaning rafiqasi Rute Kardozu futbolchi haqidagi kitobdan parchada fojiaviy safar oldidan bo‘lgan yozishmalarni esladi. Ularning aytishicha, juftlik xayrlashganidan keyin ham qisqa xabarlar almashgan.
«Unga “oq yo‘l” deb yozdim, u esa faqat belgi (emoji) bilan javob berdi. Keyin yo‘lda e’tiborli bo‘lishini aytdim», — deya Kardozuning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Avvalroq «Liverpul» marhum Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvani xotirlash maqsadida «Enfild» stadionida yodgorlik barpo etish rejalarini taqdim etgani ma’lum qilingandi. Ushbu haykal «Forever 20» deb nomlanishi ko‘zda tutilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi