Live
11
O'zbek

«Liverpul» Jota va uning ukasi xotirasiga yodgorlik barpo etmoqchi

Futbol
11 may, 06:30
Haykal «Forever 20» deb nomlanadi.
«Liverpul» Jota va uning ukasi xotirasiga yodgorlik barpo etmoqchi
Foto: Getty Images

«Liverpul» marhum Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvani xotirlash maqsadida «Enfild» stadionida yodgorlik barpo etish rejalarini taqdim etdi. Haykal «Forever 20» deb nomlanadi.

97 Avenue hududida joylashadigan yodgorlik Jotaning mashhur gol nishonlash uslubidan ilhomlangan tarzda yurak shaklida bo'ladi. Yodgorlikning o'ziga xos jihati — u muxlislar tomonidan 2025 yil iyul oyidagi fojiaviy voqeadan so'ng qoldirilgan buyumlarni ham o'z ichiga oladi.

Shuningdek, unda Jotaning maydon tashqarisidagi qiziqishlarini aks ettiruvchi detallar, jumladan geyming kontrolleri ham bo'ladi. Qolaversa, klub hurmat ramzi sifatida uning 20-raqamli libosini barcha rasmiy muomaladan chiqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar