«Liverpul» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Diogu Jota 28 yoshida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu voqea butun dunyo futbol jamoatchiligini larzaga soldi.
Jotaning jamoadoshlari, muxlislar, klublar birin-ketin munosabat bildirishdi.
«Liverpul» 20-raqamni Jotaning xotirasiga abadiylashtirishni e'lon qildi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirokini davom ettirayotgan klublar, jumladan «Real», «PSJ», «Chelsi» va «Bavariya» futbolchilari mashg'ulotlarni Diogu sharafiga bir daqiqalik sukut bilan boshladi.