Live
4
O'zbek

"Liverpul" Jotaning vafoti munosabati bilan bayonot berdi

Futbol
3 iyul, 08:33
Klub ularning oilasiga har tomonlama yordam berishga tayyor.
"Liverpul" Jotaning vafoti munosabati bilan bayonot berdi
Foto: Sports.ru

"Liverpul" klubi jamoa futbolchisi Diogu Jota va uning ukasining vafoti munosabati bilan bayonot berdi.

"Diogu Jotaning fojiali o'limi "Liverpul" jamoasini larzaga soldi. Ma'lum qilinishicha, 28 yoshli futbolchi Ispaniyadagi avtohalokatda ukasi Andre bilan birga vafot etgan.

Ayni paytda "Liverpul" bu haqda boshqa izoh bermaydi va Diogu hamda Andrening oilasi, do'stlari, jamoadoshlari va klub xodimlarining shaxsiy hayoti daxlsizligini hurmat qilishlarini so'raydi. Chunki ular bu tasavvur qilib bo'lmaydigan yo'qotishni qabul qilishga harakat qilmoqda.

Biz ularga har tomonlama yordam berishga tayyormiz», — deyiladi klub bayonotida. Avvalroq Ronaldu Jota va uning ukasi halok bo'lganiga o'z munosabatini bildirgandi.

Bugungi yangiliklar