Portugaliya milliy jamoasi va "An Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Diogu Jota va uning ukasi vafotiga ijtimoiy tarmoqlarda o'z munosabatini bildirdi.
«Ishonish qiyin. Bir necha hafta oldin biz milliy jamoada birga edik, keyin esa sen uylanganding.
Men sening oilangga, rafiqang va farzandlaringga sabr va kuch- quvvat tilayman. Bilaman, sen doim ular bilan qolasan.
Diogu va Andre, biz sizlarni doim sog'inamiz», — deb yozdi Ronaldu. Avvalroq Jotaning o'limi bilan tugagan avtohalokat sabablari ma'lum qilingandi.