Bugun
156
O'zbek

Rednapp: «Lempard Angliya milliy jamoasida Tuхelning o‘rnini egallashi mumkin»

Futbol
25 oktabr, 02:58
Tajribali mutaxassis Angliyada mahalliy murabbiylarga nisbatan ishonchsizlikdan norozi.
Rednapp: «Lempard Angliya milliy jamoasida Tuхelning o‘rnini egallashi mumkin»
Foto: Gettyimages

Tajribali mutaxassis Harri Rednappning fikriga ko‘ra, Frenk Lempard yaqin kelajakda Angliya milliy jamoasi boshqaruvini qabul qilib olishi «Chelsi» sobiq futbolchisining murabbiylikdagi tajribasi va faoliyati davomida ko‘rsatayotgan yuqori darajasini inobatga olsa, bu chindan amalga oshishi mumkin. Jumladan, 79 yoshli Rednapp Angliya milliy jamoasini mahalliy murabbiy boshqarishi kerak, deb hisoblaydi.

«U Angliya milliy jaomasi safida qariyb 100 ta o‘yin o‘tkazgan va jahon chempionati hamda Yevropa chempionatida ishtirok etish nimalagini yaxshi biladi. Asl muammo ko‘plab ingliz murabbiylariga o‘z salohiyatini ko‘rsatish uchun imkon berilmasligida, ularga «katta oltilik» jamoasi boshqaruvini ishonib topshirishmaydi», - deya Rednapp so‘zaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Lempard APL debyutanti «Koventri» jamoasini boshqarib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar